Nadimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nadimiy (taxallusi; asl nomi Boltaniyoz Qurbonniyoz oʻgʻli) (? — Xiva — 1938) — shoir, xattot. Akasi Muhammad Yoqub Harrot Devondan husnixat qoidalarini oʻrgangan. N. umrining oxirigacha Xivadagi idoralarda turli lavozimlarda ishlagan. Sharq shoirlarining asarlarini mutolaa qilib, ularning taʼsirida sheʼrlar yozgan. 1908 yilda koʻchirgan mukammal devonida oʻzbek mumtoz sheʼriyatining turli janrlarida yozilgan asarlar bor. Sheʼrlarida insoniy muhabbatni ulugʻlaydi, kishilarni oliy fazilatlar egasi boʻlishga chaqiradi. N. kitobat qilgan Abdulvohid ibn al-Muftiyning "Ajoyib ul-qisas" asari tarjimasi (1907, inv. № 874), zamondosh shoirlardan Shinosiy devoni (1908, inv. №1145), Tabibiyning 2 devoni (1909, inv. №927, 1910, inv. № 257) va oʻzi tarjima qilgan "Vomiq va Uzro" dostoni (1910, inv. № 2057) va oʻzining 3 devoni Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti Qoʻlyozmalar fondida (№ 901, 902, 906) sakdanmoqda. N. asarlari bayozlardaham uchraydi (Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti Qoʻlyozmalar fondi, inv. inv. № 6771, 6939, 6969).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil