Naddof

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Naddof (arab. — taramoq, titmoq) — oʻrta asrlarda paxta yoki jun tituvchi, savalovchi kishi. Oʻrta Osiyoning yirik shaharlarida alohida mahallalarda yashagan. Ularning mehnati, asosan, kalavachilik — ip yigiruvchilarga paxtani chigitdan ajratib, savalab berishdan iborat boʻlgan. N.lar shahar aholisining eng kambagʻal tabaqasi hisoblanib, bosqinchilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolonlarda asosiy kuchni tashkil etgan. Mac, Samarqandda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan Sarbadorlar qoʻzgʻoloniga N.lar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluip (Kalaviy) Naddof boshchilik qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil