Nabis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nabis (Nabis) (? - miloddan avvalgi 192) -Sparta hukmdori (tirani) (miloddan avvalgi 207—192). Yevripontiylar shoh xonadoniga mansub boʻlgan. Bir qancha qatʼiy tadbirlarni amalga oshirgan: bir kism mulkdorlarni quvgʻin qilgan, ayrimlarini qatl etgan; yirik yer egalarining yerlarini musodara qilib, grajdanlik tarkibiga kiritilgan yersiz spartiatlar va ilotlarga boʻlib bergan. N. davrida Sparta qoʻshini kuchaygan, Argos bosib olinib, u yerda ham shu islohotlar oʻtkazilgan. Butun Peloponnes boʻyicha tub islohotlar oʻtkazilishi xavfi N.ga karshi Axey ittifoqinmng urush boshlashiga sabab boʻlgan. Ittifoqchilarga yordamga Rim armiyasi ham yetib kelgan. 195 yil tuzilgan sulhga koʻra, N. hokimiyati faqat Sparta hududi bilan cheklab qoʻyilgan. N.ning kaytadan urush qilishi uning ham quruqlikda, ham dengizda magʻlubiyatga uchrashi bilan tugagan. N. xoinona oʻldirilib, Sparta Axey ittifoqiga qoʻshib olingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil