Nabira Esenbaeva
| Nabira Esenbaeva | |
|---|---|
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Jinsi | ayol |
| Fuqaroligi |
|
| Tavallud sanasi | 1998-yil 9-dekabr |
| Sport | |
| Mamlakat | Oʻzbekiston |
| Qaysi sport | Havaskor kurash |
| Ivan Yarygin oltin grand prisi | ||
|---|---|---|
| Bronza | Krasnoyarsk-2024 | 68 kg |
| Osiyo oʻyinlari | ||
| Kumush | Bishkek-2018 | 59 kg |
| Bronza | Sian-2024 | 62 kg |
| Oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati | ||
| Kumush | Trnava-2018 | 62 kg |
Nabira Esenboeva (1998-yil 9-dekabrda tugʻilgan)[1] — Oʻzbekistonlik erkin kurash sport turi boʻyicha ayol sportchi. Qirgʻiziston poytaxti Bishkek shahrida 2018-yilda oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida 59 kilogramm vazn toifasida kumush medal sohibi boʻldi[2]. 2019-yilda Xitoyning Sian shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha Osiyo chempionatida ayollar oʻrtasida 62 kg vazn toifasida bronza medallaridan birini qoʻlga kiritdi[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nabira Esenboeva 2016-yilda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Moʻgʻulistonning Ulan-Bator shahrida boʻlib oʻtgan birinchi Jahon Olimpiya saralash turnirida ishtirok etdi[4]. U oʻzining birinchi oʻyinidayoq magʻlubiyatga uchradi[4]. 2018 yili Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida 57 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan[1]. Nabira Esenboeva ilk uchrashuvini indoneziyalik Mutiara Ayuningtiasga qarshi oʻtkazib, navbatdagi bahsda hindistonlik Pooja Dhandaga qarshi bahsda ishtirok eta olmadi[1]. 2018-yilda Slovakiyaning Trnava shahrida kurash boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida 62 kilogramm vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi[5].
2019-yili Qozogʻistonning Nursulton shahrida oʻtkazilgan kurash boʻyicha jahon chempionatida 62 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan. U oʻzining ilk uchrashuvida amerikalik Kayla Miraklga qarshi kurash olib borgan[6]. 2021-yilda u Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Osiyo Olimpiya saralash turnirida ishtirok etdi[7]. U ushbu turnirda ishtirok eta olmagan, Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boʻlib oʻtgan Jahon olimpiya saralash turnirida ham Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi[8].
2022-yilda Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Yasar Dogu turnirida ishtirok etgan.
Asosiy natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Turnir | Manzil | Natija | Tadbir |
|---|---|---|---|---|
| 2018 | Osiyo chempionati | Bishkek, Qirgʻiziston | 2 | Erkin uslubda 59 kg |
| 2019 | Osiyo chempionati | Sian, Xitoy | 3 | Erkin uslubda 62 kg |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 „Wrestling Results Book“. 2018 Asian Games. 2020-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-may 2020-yil.
- ↑ „2018 Asian Wrestling Championships – Results Book“. United World Wrestling. 2019-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-avgust 2020-yil.
- ↑ „2019 Asian Wrestling Championships Results“. United World Wrestling. 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- 1 2 „2016 World Wrestling Olympic Qualification Tournament – Ulaanbaatar, Mongolia“. United World Wrestling. 2018-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2020-yil.
- ↑ Etchells, Daniel. „Japan dominate day two of women's finals at UWW Junior World Championships“. InsideTheGames.biz (21-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2021-yil.
- ↑ „2019 World Wrestling Championships Results“. United World Wrestling. 2020-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-aprel 2020-yil.
- ↑ „2021 Asian Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-may 2021-yil.
- ↑ „2021 World Wrestling Olympic Qualification Tournament Results Book“. United World Wrestling. 2021-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-may 2021-yil.