Nabijon Hasanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nabijon Azimovich Hasanov (1913, Samarqand — 1972.28.8, Toshkent) — bastakor, sozanda (gʻijjak), Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Dastlab, T. Sodiqovdan nay va gʻijjak chalishni, oʻrgangan. Andijon teatrida sozanda (1927—29), Samarqand teatrida sozanda (1930—32), musiqa rahbari (1932-35, 1938—39) va bosh dirijyor (1945—47), Oʻzbek davlat musiqali teatri (1936—37), Navoiy teatri xalq cholgʻu asboblari ansambli (1939—44)da musiqa rahbari, Oʻzbekiston radioqoʻmitasi xalq cholgʻu asboblari orkes-trida konsertmeyster (1947—52, 1957—72), Oʻzbekiston davlat estra-dasi ashula va raqs ansamblida sozanda va badiiy rahbar (1952—55). H. "Gʻunchalar" (T.Sodiqov bilan), "Oʻzbekiston qilichi" (M.Burhonov, T. Jalilov va boshqa bilan) kabi asarlarning mualliflaridan. Bastakorning isteʼdodi koʻproq ashula va qoʻshiqlarda namoyon boʻldi. Ayniqsa uning "Sallamno", "Koʻrdim", "Aylanay", "Jafo qilma" ashulalari, "Jona-jon oʻlkam", "Ona Samarqand", "Gi-los" kabi ommaviy va "Intizor", "Gulchehralar", "Charos" kabi lirik qoʻshiqlari, yalla namunalari ("Baxt yallasi", "Yayra, goʻzal" va h.k.) mashhur. Ayrim ("Sallamno" va boshqalar) asarlari "Nola" kabi estrada guruhlari tomonidan yangicha talqin topgan.