Nabeglavi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nabeglavi (shuningdek, Nabeghlavi) (gruzincha: ნაბეღლავი) — Gruziyadagi mineral suvi[1][2].

„Healthy Water (Sogʻlom suv)“ Gruziya-Shveytsariya aksiyadorlik jamiyati mashhur „Nabeglavi“ mineral suvi va „Baxmaro“ buloq suvlarini ishlab chiqaradi. Kompaniya 1997-yilda tashkil etilgan va hozirga qadar mahalliy mineral suv bozorida yetakchi hisoblanadi.

Yangi tashkil etilgan kompaniyaning asosiy maqsadi uzoq yillik Nabeghlavi mineral suvini qadoqlash anʼanasini tiklash boʻlgan va bu jarayon muvaffaqiyatga erishgan. Shunday qilib, „healthy Water“ kompaniyasining tashkil etilish tarixi Nabeghlaviy suv ishlab chiqarish tarixiga borib taqaladi.

Nabeglavi mineral suvini idishlarga quyish 1958-yilda Nabeglavi qishlogʻining ekologik toza muhitida sogʻlomlashtirish maskani tashkil etilgandan soʻng boshlangan. Bu jarayon davomida suvning noyob shifobaxsh xususiyatlarini ham ochib berilgan. Usha vaqtga kelib suv ishlab chiqarish korxonasi unchalik katta boʻlmagan, tarqatish maydoni ancha cheklangan hududda boʻlgan.

„Healthy Water“ AJ litsenziya ega boʻlib, biznesni oʻz qoʻliga olganidan soʻng mahsulot sifati va ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada oshgan va butun mamlakat boʻylab mashhurlikka erishgan. Qadoqlangan suv gruziyalik isteʼmolchilarning olqishiga sazovor boʻlgan va asta-sekin bozorda yetakchi oʻrinni egallagan.

Mahsulot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nabeglavining dunyo boʻylab tarqalishi

Mineral suv manbai Gʻarbiy Gruziyadagi Nabeglavi kurort hududida joylashgan. Suv nomi ham aynan shu kurort nomidan olingan.

Mazkur suv manbasi 1905-yilda topilgan. Qadimgi rivoyatga koʻra, mintaqaning mahalliy aholisi bufalolarni ayni bir suv manbasi yaqinida koʻproq toʻplanishini payqashgan. Xuddi shu manba keyinchalik oʻziga xos taʼm va shifobaxsh xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan.

Mineral suv bulogʻida ilk tadqiqotlar 20-asrning birinchi yarmida gruziyalik va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan.

Suvning kimyoviy tarkibini dastlabki oʻrganish 1921-yilda umrining koʻp qismini Gruziyada oʻtkazgan latviyalik olim Robert Kuptsis tomonidan amalga oshirilgan. Keyinchalik gidrogeologik tadqiqotlar 1930-yillarda mashhur gruzin va xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan.

Bu davrda suvning kimyoviy xossalari ilmiy jihatdan ishlab chiqilib, suvning karbonat angidrid bilan bir qatorda bikarbonat kaltsiy-natriyli tarkibi ham borligi maʼlum boʻlgan.

Atributlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nabeglaviy suvi 2000-3000 metr chuqurlikda hosil boʻladi. Infiltratsiya qilingan suvlar substrat va togʻ jinslarning turli qatlamlaridan oʻtib, oʻziga xos taʼmi va foydali xususiyatlarini belgilaydigan minerallar va turli elementlarning oʻziga xos birikmasini oʻzlashtiradi. Nabeglavi suvi tabiiy gazlangan, chunki u suv qatlamida tabiiy karbonat angidrid (CO2) bilan boyiydi. Suv shishaga quyishdan oldin unga yana qoʻshimcha miqdorda tabiiy CO2 qoʻshiladi.

Kimyoviy tarkibi[tahrir | manbasini tahrirlash]

100 ml suvdagi jami erigan qattiq moddalar 3,5 — 5,9 g/l ni tashkil etadi. Ular quyidagilardir:

Kationlar mg/l
  • Ca2+ 32-116
  • Mg2+ 34-120
  • Na+ + K+ 690-1270; Anionlar mg/l
  • HCO3- 2400-4400
  • Cl- 37-95
  • SO4 2- 53-244; Maxsus komponentlar mg/l
  • H2SiO3 55-90
  • H3BO3 > 35

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]