Kontent qismiga oʻtish

NEP

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

NEP (yangi iqtisodiy siyosat)— sovet [davlat]ining kapitalizmdan sotsializmga oʻtish davrida amalga oshirgan iqtisodiy siyosati, sotsializm yoʻlidagi muhim bosqich. Fuqarolar urushi davridagi iqtisodiy siyosatdan farq qilib, yangi deb atalgan. Bu siyosatning asosini V. I. Lenin ishlab chiqdi. NEP kommunistik [partiya]ning 1921-yilda boʻlib oʻtgan oʻninchi syezdida qabul qilingan. Bu siyosat iqtisodiyotning koʻp tarzli boʻlishini eʼtirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkni qonunlashtirdi. Konsessiyalar berish vositasida xorijiy sarmoyaning mamlakatga kirish yoʻli ochildi. Mayda tijoratchilarning katta armiyasi paydo boʻldi. [Million]lab kosiblar mamlakat isteʼmol mollarining toʻrtdan uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi va dehqonlar turmushi yaxshilandi, dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etildi. Ya.i.s. xoʻjalikni rivojlantirish muammosini yarim-yorti hal qilardi. Sovet hokimiyati barcha yirik sanoat, transport, banklar, tashqi savdo, yerni oʻz qoʻliga olib, xususiy sarmoyani chekladi va tartibga soldi, jamoaviy sektorni oʻstirish va mustahkamlashga zoʻr berdi. Ammo bu jarayonlar uzoq davom etmadi. Sovet hukumati vaqtinchalik chora sifatida qoʻllagan.

  1. B. T. Ataxanov, M. B. Isabayev FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN ATAMALAR LUGʻATI kitobidan.