Myusse Alfred de
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
MYUSSE (Musset) Alfred de (1810.11.12 - Parij - 1857.2.5) -fransuz yozuvchisi. Fransiya akademiyasi aʼzosi (1852-yildan). Ilk sheʼriy toʻplami "Ispan va italyan kissalari" (183O)da romantik maktab dasturi — adabiyotni hayotga yaqinlashtirish, yorqin manzara va syujetlar, kuchli ehtiroslar bilan yoʻgʻrilgan qaxramonlar obrazini yaratish oʻz ifodasini topgan. Sevgi va rashk, xiyonat va jazo bu toʻplamga kirgan dostonlar mundarijasini tashkil etadi. "Dudoq va jom" dramatik dostonida u ozodlikni kuylab, oʻzining diniy hurfikrliligini namoyish etgan. M.ning yolgʻizlik gʻam-alamlari aks etgan "Tunlar" turkum dostonlari (1835—37) jahon romantik lirikasining shoh namunalaridan hisoblanadi.
M.ning ilk pyesalari nasriy yoʻl bilan yozilgan ("Venetsiya tuni", 1830; "Andrea del Sarto", 1833; "Ishq bilan hazillashib boʻlmaydi", 1834). Mashhur pyesalaridan biri "Lorensachcho" (1834)da muhim ijtimoiysiyosiy gʻoyalar olgʻa surilgan.
M. ijodining choʻqqisi "Asr farzandining tazarrusi" (1836) romanidir. Asarda Iyul inqilobidan keyin tarix sahnasiga kelgan yosh avlodning umumlashma obrazi tasvir etilgan. Ushbu roman jiddiy muammolarning koʻtarganligi va ruhiy tahlilning teranligi bilan M.ning boshqa asarlaridan keskin ajraladi.
M. ijodida Sharq sheʼriyati taʼsiri va Sharq xalqlari hayotidan olingan voqealar tasviri muhim oʻrin egallaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |