Myunxen fojiasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Myunxen fojiasi – 1958-yil 6-fevralda „Manchester Yunayted“ jamoasi, jurnalistlar va muxlislarni oʻz bortiga olgan samolyot Myunxen aeroportidan koʻtarilish vaqtidagi halokati. Samolyot Myunxen aerodromidan uchib chiqishga uchinchi muvaffaqiyatsiz urinishdan soʻng, dovul tufayli qulab tushadi. Bortda boʻlgan 43 yoʻlovchidan 23 nafari halok boʻlgan.

Avvalgi voqealar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1955-yilda UEFA Yevropa ligalarining chempionlari orasida boʻluvchi Chempionlar kubogi tashkil qildi. Avvalgi oʻyinlarda Angliyalik klublar ishtiroki etmadi, Angliya Ligasi rahbari Alan Hardaker mamlakatda boʻladigan turnirlarga qiziqish kamayishidan havotir olib „Chelsi“ klubiga ruxsat bermaydi. Keyingi mavsumda „Manchester Yunayted“ gʻolib boʻladi va bosh murabbiy Matt Busby va klub rahbari Harold Hardman harakatlari tufayli chempionatga yoʻl olishadi. „Manchester Yunayted“ Chempionlar Ligasida ishtirok etgan 1-ingliz klubi boʻladi.

Ilk ishtirokining oʻzida yarim finalga yetib boradi va „Real Madrid“ga imkoniyatni boy beradi. Kelasi yil ham ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan jamoa Chempionlar Ligasida munosib oʻrin egallay boshlaydi.

U paytlarda samolyotda uchib tahlikali hisoblansa-da, milliy chempionat oʻyinlariga yetib borish uchun jamoa Angliyaga samolyotda yoʻl oladi[1].

6-fevral[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yugoslaviyadan yoʻlga chiqqan jamoa Germaniyaning Myunxen aeroportiga yoqilgʻi toʻldirish uchun toʻxtaydi. Myunxenga qoʻnishganda hamma xotirjam, yaxshi kayfiyatda edi.

Kunduzgi soat 14:00ga yaqin G-ALZU AS 57 kapitani Kenneth Raymond uchishga tayyor boʻladi va yordamchi James Thain oʻrin almashgandi.

„Kenneth bilan uchishga tayyorlandik va men buyruq berdim. Dvigatellar ishlay boshladi, lekin ikkimizga ham nimadir xatodek tuyula boshladi. Samolyot tezlasha boshlashi bilan Kenneth tormozni bosdi“ – deb eslaydi James Thain. Keyingi urinish ham muvaffaqiyatsiz boʻlgach, samolyotga qayta yoqilgʻi quyilishi uchun yoʻlovchilar bir muddat tashqariga chiqishdi.

Jamoa himoyachisi Bill Foulkes quyidagilarni aytib oʻtadi: „Biz Myunxengacha karta oʻynab kelgan edik, bortdan chiqqanimizda havo ancha sovuq edi. Uchmaganimiz uchun koʻpchilik asabiylasha boshladi, keyinroq kayfiyatimiz tushib ketdi va jimgina uchinchi urinishni kuta boshladim. Men oʻrtaroqda edim, yonimda Matt Busby birga oʻtirar edi…“ James Thain: "Uchinchi urinishda ham dvigatel yomon ishlayotganini Kennethga aytdim. Tezlik avval yaxshi boʻldi, lekin spidometr 117 boʻlganda xavfli tuyuldi va ratsiya orqali xabar bera boshladim, shu payt spidometr 112, keyin 105 ga tushib ketdi. Kenneth „Ey Xudo, eplay olmayapmiz“ deb baqirib yubordi[2] ".

7-fevral[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu voqealar haqida Bill Foulks quyidagilarni aytib oʻtadi: "Samolyotning orqa qismi umuman yoʻq edi, yugurib tashqariga chiqqanimda, xech nimani tushunmayotgan edim. Birozdan keyin ortga qarab, samolyot portlamasligini bilgach, samolyot oldiga yugurib keldim. Bir oʻrindiqda Bobby Charlton qimirlamay yotardi, Garry Gregg bilan qolganlarga yordam bera boshladik. Ikki kishi ogʻir ahvoldagi Matt Busbyni tashqariga olib chiqdi. Bobby Charlton ham hushiga kelib, bizga yordam berdi. Hammani zudlik bilan „Rechts de Isar“ shifoxonasiga olib borishdi. Halokatning butun daxshatini ertasi kuni his etdik. Palataga kirganimizda Matt Busby kislorod maskasida yotardi, Bobby Charltonning boshi bogʻlangan, Jeki Blanchflauerning qoʻllari bint bilan oʻralgan edi. Reyd Vuud kontuziya holatida edi, Men Morgans bilan Jonni Berrilar ham oʻrinlaridan qimirlamas edi"[3].

Halok boʻlganlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sakkizta futbolchi halok boʻlganlar: Geoff Bent (25 yosh), Roger Byrne (28), Eddie Colman (21), Duncan Edwards (21), Mark Jones (24), David Pegg (22), Tommy Taylor (26) va Liam Whelan (22) Koʻpchilik oʻz avlodining eng zoʻr futbolchisi deb hisoblangan Edwards baxtsiz hodisadan 15 kun oʻtib vafot etdi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Myunxen fojiasiga 61 yil 6-fevral 2019-yil
  2. Myunxen fojiasi 11-mart 2015-yil
  3. Myunxen fojiasi 11-mart 2015-yil
  4. [ https://www.manutd.com/en/amp/news/detail/munich-air-disaster-was-the-darkest-day-in-manchester-united-history Munich air disaster was the darkest day in Manchester United history ] 6-fevral 2023-yil