Myey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Myey, Mergui — Andaman dengizidagi orollar guruhi, Myanma qirgʻoqlari yaqinida. Hindixitoy ya.o. markaziy qismidagi togʻ tizmalarining suv ostidagi davomi. Jami 800 dan ortiq orol va granit qoyalardan iborat boʻlib, maydoni 3,5 ming km² chamasida. Yer yuzasi tepalik va past togʻlardan iborat, eng baland joyi 767 m. Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, sohil qismida mangra oʻrmonlari uchraydi. Baliq ovlanadi, marvarid yigʻiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil