Muzlik yotqiziqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muzlik yotqiziqlari - hosil boʻlishi hozirgi yoki qad. togʻ muzliklari va materik muz qoplamlari bilan genetik bogʻliq boʻlgan geologik yotqiziqlarning katta guruhi. Muzlik (glyasi-al yoki morena) va suv-muzlik yotqiziqlariga boʻlinadi. Muzlik yotqiziqlari muzlik oʻrnida muz bilan keltirilgan chaqiq jinslardan vujudga keladi. Har xil oʻlchamdagi boʻsh togʻ jinslari, valunlar, qumtoshlar, qum va h.k.dan iborat. Suv-muzlik yotqiziklari muzlik ichida va chekkalarida erigan suv oqimi bilan hosil boʻladi. Muzlik yotqiziqlarining barcha turlari murakkab birikmadir. Antropogen davrida katta materik muzliklari bepoyon maydonlarni krplab yotgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil