Muzayyana Alaviya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muzayyana alaviya (1909.20.4. Toshkent viloyati Piskent tumani — 1988.3.3, Toshkent) — shoira, folklorshunos. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1968). Samarqand pedbilim yurti (1928—30), Nizomiy nomidagi Toshkent ped. instituti (1934—38)da oʻqigan. Toshkent shahar maktablarida oʻqituvchi (1930—40), Oʻzbekiston FA Til va adabiyot institutida kichik (1940—59), katta ilmiy xodim (1959—88). M.A.ning "Bugungi men" nomli birinchi sheʼri 1927 yil "Maorif va oʻqituvchi" jur.da bosilgan. Xalq ijodkorlaridan koʻplab folklor asarlarini yozib olgan va nashrga tay-yorlagan ("Oq olma, qizil olma", 1972; "Sovet davri qoʻshiqlari", 1983 toʻplamlari; "Intizor", 1964, "Dalli", 1972 dostonlari). Oʻzbek xalq qoʻshiklarining badiiy-estetik xususiyatlari, marosim folklori boʻyicha tadqiqotlar olib borgan. "Odamiylik" (1964), "Dil nidosi" (1967), "Yon qoʻshnim, jon qoʻshnim" (1974) kabi risolalari odob-axloq masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Manbalar[tahrir]

  • Sevinchlarim, T., 1959; Oʻzbek xalq qoʻshiklari, T., 1959; Oʻzbek xalq marosim qoʻshiklari, T., 1974.

Adabiyot[tahrir]

  • Qodirova M., Muzayyana Alaviya, T., 1968.