Muxtorov Abdurahim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muxtorov Abdurahim (1931.1.1, Samarqand) — kulol, mayda shakllar ustasi. Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (1998). Us t a U. Joʻraqulovdan hunar oʻrgangan. 1962 yil dan mustaqil ishlaydi. M. Samarqand kulolligi (mayda haykaltaroshlik)da mavzuli kompozitsiyalar yoʻnalishiga asos soldi. Ijodida xalq anʼanalarini rivojlantirgan. M. ning asarlarida xalq ogʻzaki ijodiga xos joʻshqinlik, begʻubor hazil ruhi oʻz aksini topgan. Terrakota usulida kundalik maishiy hayot, xalq ogʻzaki ijodi manzaralari aks etgan milliy oʻyinchoqlar (odamlar, hayvonlar va boshqalar) yaratadi: "Choyxonachi", "Beshik", "Bozorda", "Farhod va Shirin", "Uloq", "Xoʻja Nasriddin", "Tuya va boʻtaloq", "Mash-shoq va qiz", "Ota" va boshqa

1982 yildan Samarqand shahri oʻquvchilar uyida kulollik toʻgaragini boshqaradi. Koʻplab shogirdlar tayyorladi. M. asarlari bilan respublika va chet mamlakatlar koʻrgazmalari (Yaponiya, Germaniya, Shveysariya, Moskva va boshqalar)da ishtirok etadi; asarlaridan namunalar respublika va chet mamlakatlar muzeylarida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil