Muxtor Ahmadjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ahmadjonov Muxtor Oripovich (1932.28.6-1998.29.10, Toshkent) - geolog olim, geol.-mineralogiya fanlari d-ri (1969), prof. (1972). O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (1955). O‘zbekiston Geol. vazirligida geolog (1955 — 57). O‘rta Osiyo mineral xom ashyo ilmiy tadqiqot institutida katta muhandis (1957 — 60). 1960 yildan O‘zbekiston FA Geol. va geofizika institutida katta ilmiy xo-dim, regional va dinamik geol. bo‘limi mudiri (1961 yildan). 1978-85 va 1991 yildan Toshkent texnika untida kafedra mudiri. Birinchi marta O‘zbekistonning paleozoy fundamentining tektonik xa-ritasini tuzdi va yopiq maydonlar geo-logik tuzilishini mukammal o‘rgandi. O‘zbekistonda tokembriy qatlamlari borligini birinchi bo‘lib aniqladi va asosladi. Bu esa oltin izlashga keng yo‘l ochib berdi. O‘zbekiston Respublikasida mineral xom ashyo bazasini rivojlanti-rishga hissa kushgan. Pragada (1968), Mo-skvada (1971, 1973, 1983) bo‘lgan xalqaro geologik kongresslar qatnashchisi. Beru-niy nomidagi O‘zbekiston Davlat muko-foti laureati (1977).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil