Muxtasar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"MUXTASAR" — Zahiriddin Muhammad Boburntg aruz vazni nazariyasi xaqidagi asari (taxminan 1521—23). Manbalarda "Mu-fassal", "Risolai aruz" deb ham yuritiladi. Unda aruz vaznidagi barcha yutuq va kamchiliklar koʻrsatilgan. Bobur aruzning baʼzi noaniq masalalariga aniqlik kiritdi va uni yangi fikrlar bilan boyitdi, oʻzbek, arab, fors aruzlarini bir-biri bilan qiyoslab, aruz vaznining 248 turini aniqladi.

Bobur aruzda zihoflar sonini 44 taga yetkazdi. U taqtiʼ bobida eski oʻzbek tili fonetik meʼyorlari asosida Navoiyning "Mezon ul-avzon"ida ishlab chiqilgan aruzning qonunqoidalarini tizimga solib, baʼzi baxrlar orasida oʻxshashliklar topdi va yangi doyra ixtiro qildi. Asarda qoʻshiklarning tarxoniy, turkiy, oʻlang , shuningdek, tuyuq va uning rangbarang turlari haqida yangi fikrlar aytilgan. Bobur bu asari bilan oʻzbek sheʼriyatida qoʻllanadigan aruz bahrlarining koʻp yangi vazn, zihof va farʼlarini aniqladi. "M."da ruknlar toʻliq berilgan. Ularning sonini aniqdashda talaffuz hisobga olingan. "M." vaznlarning koʻpligi va ularga berilgan izohlarning anikdigi bilan boshqa asarlardan ajralib turadi. Risolaning kotib Hoji Muhammad Samarqandiy koʻchirgan (1533—34) yagona qoʻlyozmasi Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.

Nashrlari: Muxtasar, T., 1971; Traktat ob aruze, M., 1972.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil