Muxallis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muxallis (Serophularia integrifolia) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi bir nechta. Har bir poya roʻvaksimon toʻpgul bilan tugaydi. Bargi oddiy, choʻziq yoki tuxumsimon, cheti qirqilgan. Guli ikki jinsli, qizgʻishyashil, kosachasi 5 boʻlakli. Iyun— avgustda gullab, meva beradi. Oʻrta Osiyoning togʻli r-nlarida 8 turi uchraydi. Oʻzbekistonning hamma togʻli r-nlarida chagʻirtoshli qoyalarda oʻsadi. Ayrim turlari gulshiraga boy. Manzarali turlari ham bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil