Muvozanatsiz holat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muvozanatsiz holat - biron bir termodinamik tizimning nobarqaror holati; tashqi maydon boʻlmagan va tizim yaxlit aylanadigan sharoitda tizimning temperaturasi, bosimi, zichligi, tarkibidagi komponentlarning koʻpkamligi yoki baʼzi makroskopik para-metrlarning bir jinsli boʻlmasligi. Muvozanatsiz holat termodinamik tizimda qaytmas jarayonlar yuz berishiga sabab boʻladi. Bu jarayonlar natijasida izolyasiyalangan tizim muvozanatga erishadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil