Muvozanat organlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muvozanat organlari - odam va koʻpchilik xayvonlarda gavda holatining fazoda oʻzgarishi, Yerning tortish kuchi va tezlanishining organizmga taʼsirini qabul qiladigan organlar. Umurtqasiz hayvonlar (bir hujayralilar, plastinkasimonlar, gʻovaktanlilardan boshqa) Muvozanat organlari statotsistlar, yaʼni eshitish pufakchalaridan iborat. Statotsistlar ichida otolitlar deb ataladigan eshitish toshchalari boʻladi. Statotsistlar tuzilishi va tanada joylanishi bilan bir-biridan farq qiladi. Mas, ssifomeduzalar va gidromeduzalarning statotsistlari soyaboni chetida joylashgan. Qisqichbaqasimonlarning yumaloq xaltachaga oʻxshash Muvozanat organlari moʻylovlari asosida; boshoyokli mol-lyuskalarning yopiq pufakchaga oʻxshash Muvozanat organlari bosh skeleti kapsulasi ichida joylashgan. Hasharotlarda haqiqiy statotsistlar boʻlmaydi. Odamlar va umurtqali hayvonlarning Muvozanat organlari vestibulyar apparatnaya iborat. Odamda muvozanatni saqlashda vestibulyar apparatdan tashqari, teri, muskul-boʻgʻim va koʻrish sezuvchanligi refleksi katta rol oʻynaydi. Shu reflekslar jara-yonida hosil boʻlgan murakkab munosabatlar muvozanatni taʼminlaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |