Mutlaq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mutlaq, Absolyut (lot. absolutus — shak-shubhasiz, cheklanmagan, mutlaq) — shak-shubhasiz, shartsiz, hech qanday shart-sharoitlarga bogʻliq bulmagan, cheklanmagan, poyoniga yetgan, mukammal degan maʼ-nolarni bildiruvchi tushuncha (mas, M. haqiqat, M. monarxiya, M. chempion va boshqalar). Nisbiy tushunchasining teskarisi. M. tushunchasi koʻproq falsafada qullanadi. F. Shelling M. borliq deb cheklangan vokelikni, Gegel M. ruh deganda olamning abadiy oʻzgarmas birlamchi asosini, yaʼni oliy dunyoviy aqlni tushungan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil