Mutavalli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mutavalli (arab. — ishboshi, boshqaruvchi) — islom tarixida vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Vaqf yerlarini ijaraga berish, vaqf mulkida xoʻjalik ishlarini yuritishni ham M. bajargan. Xorijiy Sharq mamlakatlarida M.lar hozir ham bor, ular vaqflarni boshqaradi. Ayrim musulmon mamlakatlarida M. yirik ziyoratgohlar (maqbara, mozor va boshqalar)ni, ulardan keladigan daromadlarni ham boshqaradi. Oʻzbekistonda masjidning xoʻjalik va moliya ishlarini boshqaruvchilar M. deyiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil