Mutatsion nazariya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mutatsion nazariya - nasldannaslga beriladigan uzilishli (diskret) oʻzgaruvchanlikni tan oluvchi nazariya. Gollandiyalik botanik X. De Friz tomonidan ishlab chiqilgan (1901—03). Mutatsion nazariyaning asosiy xossalari: mutatsiya oraliq formalarsiz toʻsatdan paydo boʻladi; formalar butunlay konstant, yaʼni barqaror; mutatsiyalar si-fat oʻzgarishlar boʻlib, uzluksiz qatorlar hosil qilmasligi va oʻrtacha tip (moda) atrofida guruxlanmasligi bilan irsiylanmaydigan oʻzgarishlar (fluktatsiyalar)dan farq qiladi; mutatsiyalar turli yoʻnalishda sodir boʻladi, ular foydali va zararli boʻlishi; aynan bir mutatsiyaning oʻzi qayta takrorlanishi mumkin. De Friz Mutatsion nazariyani tabiiy tanlanish nazariyasiga qarshi qoʻyib, mutatsiyalar tufayli tabiiy tanlanishning ishtirokisiz birdaniga yangi turlar paydo boʻladi, degan notoʻgʻri xulosaga kelgan. Haqiqatda esa mutatsion oʻzgaruvchanlik kombinativ oʻzgaruvchanlik bilan bir qatorda evolyusion jara-yonda yangi turlarning shakllanishiga olib keladigan tabiiy tanlanish uchun material beradi. Keyinchalik De Frizning xatosi u eksperiment oʻtkazgan enotera (Oenothera Iamarkina) oʻsimligining murakkab poligeterozigota (qarang Geterozigota) ekanligi, De Friz mutatsiya sifatida qabul qilgan oʻzgarishlar esa ana shu geterozigotanng ajralishi bilan bogʻliqligi aniqlandi. Shunday boʻlsada, keyinchalik mutatsion oʻzgaruvchanlikning mavjudligi koʻplab tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlandi va Mutatsion nazariyaning asosiy gʻoyalari yanada rivojlanib, tajribalarda oʻz isbotini topdi (qarang Mutatsiya).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil