Mustazod (janr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mustazod (arab.) — lirik janr. M.da uzun misralar (14 va undan ortiq boʻgʻinli) qisqa misralar (6 boʻgʻinli) bilan oʻzaro almashib keladi. Uzun miyera uzun misra bilan, qisqa misra qisqa misrabilan qofiyalanadi. Bir bandda misralar soni har xil (2 misradan 10 uzun va qisqa misragacha) boʻlishi mumkin. Qofiyalanish tizimi: birinchi band (muhammasda) — ab, ab, ab, ab, ab,; ikkinchi band — vg , vg , vg , vg , ab; uchinchi — de, de, de, de, ab... va shahrik. Agar M. ikki juft misra iborat boʻlsa, birinchi bandda qofiya kesishuvchi — ab, ab; keyingilarida birinchi misralar qofiyanmay, ikkinchilari birinchi banddagi qofiyani takrorlaydi. M. Mashrab ijodida koʻp uchraydi, Alisher Navoiy, Ogahiylar ham M. yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil