Mustang
Mustang (ispancha mustango) — xonaki otlarning yovvoyilashgan avlodi. Yevropaliklarning istilosidan keyin ular Shimoliy Amerikaga keltirgan xonaki otlarning yovvoyilashuvidan kelib chiqqan. Egasiz qolgan, qoʻralardan chiqib ketgan otlar hosildor yaylovlar — preriyalarda yovvoyilashib, kattakatta uyurlarga aylangan. Mahalliy aholi M.larni goʻshti, terisi uchun ovlagan, qoʻlga oʻrgatgan. 18—19-asrlarda ularning soni 4 mln.ga yetgan. M. 20-asrga kelib bir necha oʻn ming nafargacha kamayib ketgan. Avstraliyada ham yovvoyilashgan yilqilar — brambi (Avstraliya mustangi) saqlanib qolgan. Amerika va Avstraliyada M.lar yashaydigan hududlar qoʻriqxonalarga aylantirilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |