Muskovit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Muskovit (ing. Muscovy) — slyudalar guruhiga mansub mineral. Kristallari taxtasimon, kam qollarda ustunsimon. Monoklinal singoniyali. Tangachasimon agregatlar, taxtasimon donador. M. odatda rangsiz, yashilroq, kizil. Qayishqoqligi mukammal. Zichligi 2,7—3,0 g/sm3, kattikligi 2,5—3. Turli xili maʼlum. M. kristallik strukturasiga muvofiq yupqa qavatlarga oson ajraladi. Shishasimon yaltiraydi. Tabiatda keng tarqalgan. Magmatogen va metomorfik jinslarningtarkibiy kismi. Pegmatit tomirlarda yirik kristall va uyum koʻrinishida uchraydi. Yaxshi elektr izolyasiya xususiyatiga ega. Sanoatda taxtasimon slyuda, slyuda kukuni va slyudali fabrikat koʻrinishida foydalaniladi. Oʻzbekistonda kengtarqalgan, biroq alohida kristall koʻrinishida juda kam uchraydi. Yirik kri-stalli xillari amaliy ahamiyatga ega. Xorijda Rossiya Federatsiyasi, Hindiston, Madagaskar Respublikasi, Kanada, AQSH, Braziliyada konlari bor.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil