Musiqiy arra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Praga koʻchalarida ijrochini koʻrgan

Musiqiy arra — musiqa asbobi sifatida qoʻllaniluvchi arra hisoblanadi. Shtrixiga koʻra glissandoga kiradi; undan chiquvchi tovush termenvoksni eslatadi.

Arra ilk bora XIX asrda AQShning Appalacha shahrida musiqa asbobi sifatida qoʻllanilgan deb ishoniladi. 1900-yillarga kelib esa bunday musiqiy arrani ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oʻndan ortiq kompaniyalar ochilgan;[1] XX asrning birinchi yarmiga kelib esa, asboblarni ishlab chiqarish bir oz kamaygan, ammo keyinchalik yana ommalashgan. Hozirda musiqiy arra boshqa mamlakatlarda ham ishlab chiqarilgan — xususan, Angliya va Shvetsiyada.[2].

1975-yilda bastakor Jek Nitsshening "Kakku uyasi ustidan uchib oʻtayotib" filmida ulkan eʼtiborni tortish uchun musiqiy arraning ovoz effektidan foydalanilgan.[3]

Rossiyalik musiqachi, muallif-qoʻshiqchi Pavel Kashin bir necha albomlarni yozishda arradan foydalangan.[4].


Nyu-York muntazam ravishda Xalqaro musiqiy arra festivalining mezboni boʻladi (inglizcha: New York City Musical Saw Festival). 2009-yilda festival davomida Xalqaro Ginnesning rekordlar kitobiga rekord oʻrnatilgan: arra yordamida ansambldagi 53 nafar musiqachi Shubertning „Ave Maria“sini ijro etishgan.[5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]