Arra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Arra – yogʻoch, metall, tosh, suyak, shox, sadaf va boshqalarni kesish va qirqish uchun ish-latiladigan qirra tishli asbob. Poʻlat plastinka va disksimon qilib yasaladi. Turlari: bir kishi ishlatadigan A. – dastarra (qoʻlarra), ikki kishi ishlata-digan A. – gʻoʻlabur A., yogʻochdan noziq buyumlar tayyorlashda ishlatiladigan A. – taxtabur A. Shakli va ishlatilishiga koʻra, pushtakli arracha, kashakli-sha-dabur, bekashak-shadabur, yirik tishli shadabur, mayinbur, yirik tishli bu-rush, mayin tishli burush, noziq, pargar, poʻlat, sadaf, sarbur, takchir, xatbur, chap, chingʻiza, shoh, beda A.lar deb yuritiladi. Texnika taraqqiy etishi bilan A.larning mexanik turlari yaratilgan. Mexanik A.larning metall kesuvchi, taxta tiluvchi va daraxt kesuvchi xillari bor. Taxta ti-luvchi va metall kesuvchi A.lar plastina (polotno)li, zanjirli va diskli boʻladi. Oʻrmonda daraxtlarni agʻdarishda kero-sin (benzin) bilan ishlaydigan A.lardan foydalaniladi. Yogʻoch, faner yoki yumshoq metalldan egri chiziqli shakldor buyumlar yasashda ishlatiladigan ramasimon A. lobzik deb ataladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil