Musiqa tanlovlari va festivallari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Musiqa tanlovlari va festivallari — xonanda, sozanda, kompozitor, bastakor, musiqa jamoalari va boshqalarning ijodiy musobakalari va konsert tadbirlari. Odatda, oldindan eʼlon qilingan shartlar asosida oʻtkaziladi. Yunonistonda miloddan avvalgi 590- yillarda paydo boʻlgan (Pifiya oʻyinlari). Hozirgi koʻrinishda 19-asrning boshida yuzaga kelgan (1803, Parijdagi "Nafis sanʼatlar akademiyam"). Ilk xalqaro musiqa tanlovi 1856 yil Bryus-selda oʻtkazilgan. Hozirda Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarida yuzlab xalqaro Musiqa tanlovlari va festivallari va f. muntazam ravishda oʻtkazilmoqda. Ularda bir qator Oʻzbekiston ijrochilari qatnashib gʻalaba qozongan, oʻzbek professional musiqa ijrochiligi yutuklarini namoyon etishgan (Us t a Olim Komilov, M. Qoriyoqu-bov, Tamaraxonim, T. Jalilov, A. Ismo-ilov (naychi), T. Alimatov, B. Aliyev, Q. Dadayev, A. Ismoilov (gʻijjakchi), Oʻ. Rasulov, M. Yoʻlchiyeva, N. Sattorova, S. Niyozov, A. Ibrohimov va boshqalar). Yevropacha ijrochilik tanlovlarida 3. Haknazarov, I. Jalilov, M. Toshmatov, A. Sultonov, U. Polvonov, G. Alimova va boshqa, kompozitorlik ijodiyotiga oid koʻriktanlovlarda R. Abdullayev, S. Absalomov, D. Omonullayeva, M. Otajonov, U. Musayev, D. Yanov-Yanovskiy va boshqa gʻoliblikka erishgan. Sharq, jumladan, Oʻrta Osiyo xalq,lari madaniyatida Musiqa tanlovlari va festivallari va f. kddimdan rivojlanib, hozirgacha uzining anʼanaviy shaklida saqlanib kelgan: mas, qozoq oqinlari, oʻzbek baxshilari, qoraqalpoq jirovlari, qirgʻiz manaschilarining aytis (aytishuv)lari va boshqa Oʻzbekistonda 20-asrning 2-yarmidan turli musiqachi va qoʻshiqchilarning koʻpgina tanlovlari oʻtkaziladi: mas, "Sanʼat bayrami", "Marhabo, talantlar!", xalq cholgʻulari, puflama va urma cholgʻular, anʼanaviy ijrochilik va bastakorlar asarlari buyicha, baxshilar, toʻymarosim qoʻshiqlari, folklor-etnografik ansambllari, "Alla" ijrochilari (2003 yildan H. Oxunova nomida) Respublika tanlovlari va boshqa Ular ayniqsa mustaqillik davrida keng rivoj topdi. Oʻzbekistonning barcha hududlarida oʻtkaziladigan "Qoʻshiq bayrami" (1992 yildan), Yu. Rajabiy nomidagi maqom ijrochilari (1983 yildan, Toshkent), Maʼmurjon Uzoqov nomidagi (1997 yildan, Margʻilon shahri, 2001 yildan J. Sultonov va M. Uzokrv nomida), F. Mamadaliyev va O. Yusupov nomidagi (2001 yildan, Andijon), Hoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi (1997 yildan, Samarqand), Komiljon Otaniyozov nomidagi (1997 yildan, Xorazm) xonandalar tanlovlari va boshqa "Asrlar navosi" koʻhna milliy sozlar (tan-bursato, nay va dutor) ijrochilarining Respublika tanlovi (1998, Buxoro), "Oʻzbekiston — Vatanim manim" (1996, Toshkent), "Yangi taronalar" milliy estrada qoʻshiq va kuylari Respublika tanlovi (1998, Jizzax; 2002, Guliston); "Aziz ona yurtim navolari" milliy estrada qoʻshiklari Respublika tanlovi, "Boysun bahori" xalqaro folklor jamoalari ochiq festivali (2002 yildan, Boysun shahri) va boshqa

Toshkentda 1995 yildan qar yili oʻtkazilayotgan "Ilhom-XX" Xalqaro zamonaviy musiqa, 1998 yildan har ikki yilda oʻtkazilayotgan Xalqaro simfonik musiqa festivallari, 1997 yildan har ikki yilda oʻtkazilayotgan "Sharq taronalari" (Samarqand) Xalqaro musiqa festivali doirasidagi ijrochilar tanlovi va musiqashunoslar anjumani ham jahon miqyosida tan olinmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil