Mushketov muzligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mushketov muzligi - Markaziy Tyanshandagi Sarijaz tizmasining shim.yon bagʻrida joylashgan togʻvodiy muzligi, Sarijaz daryosining bosh tomonida, kenglik boʻylab sharqsan gʻarbga tomon choʻzilgan. Uz. 20 km chamasida, eni 1—1,8 km, maydoni 49,25 km². Muzlikning 5 km uzunlikdagi pastki qismi morena bilan qoplangan. Mushketov muzligi vaqt-vaqti bilan balqib, quyi tomon choʻziladi va keyin yana qisqaradi. 20-asrning 50-yillari oxirida 2500 m surildi va maydoni 4 km² ga koʻpaydi. Hozirgi muzlik qisq-arib bormoqda. Muzlik chekkasidan Adirtoʻr daryosi (Sarijaz daryosining chap irmogʻi) boshlanadi. I. V. Mushketov nomi bilan atalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil