Mushk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mushk, ipor, ufor, muskus — hayvon yoki oʻsimliklarning oʻtkir hidli moddasi. Hayvon M.i M. bezlaridan hosil boʻladi. Hayvon oʻzi yasha-yotgan hududni belgilashda, oʻz turiga mansub boshqa jinsli hayvonlarni jalb qilishda va boshqa hollarda kimyoviy signal vazifasini oʻtaydi, shuningdek, suvda yashaydigan baʼzi sut emi-zuvchi hayvonlarda junini moylashga xizmat qiladi. Oʻsimlik M.i kovrak ildizi, gulhayrilar mevasi va boshqalardan olinadi. Hayvon M.ining hid beruvchi moddasi asosi makrotsiklik ketonlardan, oʻsimlik M.iniki — makrotsiklik lakton (tibetolid, ambrettolid)lardan iborat. M.dan parfyumeriya sanoatida foydalaniladi. Tabiiy M. oʻrniga kuchli hid taratadigan sintetik moddalar (mas, ksilol-M., keton-M. va boshqalar) ham ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil