Kontent qismiga oʻtish

Musaboyev Tolibjon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Musaboyev Tolibjon
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1885-yil
Toshkent
Vafoti 1931-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek

Musaboyev Tolibjon (1885-yil)da tugʻilgan – oʻzbekistonlik maʼrifatparvar.

Hayoti va mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musaboyev Tolibjon Toshkent shahrida ziyoli xonadonda dunyoga kelgan. Dastlab eski usuldagi maktab va madrasalarda tahsil oladi. Keyinchalik xususiy ravishda rus qonunchiligi bilan tanishgan. 1914—1917-yillardagi Turkiston maʼrifatparvarlik harakatida faol ishtirok etgan. Oʻsha paytlarda u nashri iqtisodiy qoʻllab-quvvatlangan „Sadoyi Turkiston“ gazetasini tarqatish bilan shugʻullagan. Tolibjon „Turon“ uyushmasi, „Ittihod va taraqqiy“, „Turk adam markaziyat“ firqasi ishlarida ishtirok etgan.

1921—1922-yillarda Toshkent eski shahar xalq maorif boʻlimi xodimi vazifasida faoliyat yuritgan. 1923—1925-yillar mobaynida „Turkit birodaronligi“ nashriyotida xodim boʻlib ishlagan. Qamoqqa olinish arafasida esa „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida nashrni tarqatuvchi vazifasida ishlagan. 1929-yil 6-noyabrda „Munavvar qori Abdurashidxonov va Salimxon Tillaxonov ishi“ boʻyicha "Milliy ittihod tashkilotining aʼzosi sifatida GPU tomominidan qamoqqa olingan va 1930-yilda Maskovga olib ketilgan[1].

1931-yil 23-aprelda otuvga hukm qilingan. 1986-yil 16-yanvar qaroriga muvofiq asosli ravishda oqlangan.

  1. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635 bet. ISBN 978-9943-5789-3-7.