Murvedr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Murvedr, Murvedr Nuar, Murvedr Espar, Espar, Pino fleri, Agach sap — ispan vinobop kechpishar uzum navi. Gʻarbiy Yevropa navlari ekologik-geografik guruhiga kiradi. Qrim, Krasnodar oʻlkasida, Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Turkman iston va boshqa mintaqalarda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi. Barglari oʻrtacha, yumaloq yoki sal choʻziq, tigʻiz, chetlari pastga egikroq. Guli ikki jinsli. Uzum boshi yumaloq-uzunchoq, tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha dumaloq yoki bir oz choʻziq, toʻq zangori, xushboʻy, usti mum-gʻubor bilan qoplangan, poʻsti qalin, eti sersuv. Faol harorat yigʻindisi 2650°—3100° boʻlganda 127—157 kunda (sentabr oxirlarida) pishadi. Hosildorligi 120—200 s/ga. Zamburugʻli kasalliklarga, sovuqqa chidamsiz. M.dan turli xil vinolar tayyorlanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil