Murolimjon Ahmedov
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ahmedov Murolimjon Murodiljonovich | ||
| Tavallud sanasi | 5-yanvar 1992-yil | ||
| Tavallud joyi | Uch-Qoʻrgʻon (Qadamjoy tumani) | ||
| Boʻyi | 1.72 m (5 ft 7 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Laqabi | Mura | ||
| Vazni | 68 | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Dordoy Bishkek | ||
| Raqami | 10 | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014—2017 | Alay Osh | ? | (18) |
| 2018—2019 | Dordoy Bishkek | 28 | (13) |
| 2019—2020 | Saif | 6 | (0) |
| 2020 | Neftchi Qoʻchqor-Ota | 12 | (2) |
| 2021 | Bangladesh Police | 26 | (2) |
| 2022 | FC Nur-Batken | 26 | (5) |
| 2023— | Dordoy Bishkek | 46 | (11) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2014 | Qirgʻiziston U23 | 2 | (0) |
| 2017— | Qirgʻiziston | 15 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Murolimjon Murodiljonovich Ahmedov (1992-yil 5-yanvarda Botken viloyatidagi Uch-qoʻrgʻon qishlogʻida tavallud topgan[1]) – qirgʻizistonlik professional futbolchi, Qirgʻiziston milliy terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi ampulasida o'ynaydi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yildan boshlab Qirgʻiziston oliy ligasida Oʻshning „Oloy“ futbol klubi safida oʻz faoliyatini boshladi va olti mavsumni oʻtkazib, shu vaqt mobaynida uch karra Qirgʻiziston chempioni (2015—2017-yillar) va koʻp karra mamlakat chempionatining sovrindoriga aylandi.
2017-yilda u Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi[2]. Ahmedov Osiyo klublari turnirlarida qatnashgan.
U Tojikistonning „Xoʻjand“[3] va Turkiyaning „Samolyukspor“ havaskorlar klubiga oʻtish uchun koʻrikdan oʻtgan[4].
2018-yilda futbolchi Bishkekning „Dordoy“ klubiga transfer qilinib, oʻsha mavsum doirasida qatorasiga toʻrtinchi bor Qirgʻiziston chempioni boʻldi. Shuningdek, mamlakat kubogini ham qoʻlga kiritdi.
Ahmedov 2020—2021-yillarda Bangladesh chempionatida Bangladesh Police klubi safida toʻp surgan.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilda boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida Qirgʻizistonning olimpiya tema jamosi safida 2 ta oʻyin oʻtkazgan.
U 2017-yilning 13-iyun kuni Hindistonga qarshi boʻlib oʻtgan debyut uchrashuvini Qirgʻiziston terma jamoasi safida oʻtkazib, oʻyinning 81-daqiqasida Viktor Mayer oʻrniga maydonga tushdi[5].
Ahmedov, shuningdek, 2019-yilgi Osiyo Kubogida qatnashgan, ammo biror marta ham maydonga tushmagan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilda – Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Murolimzhon Akhmedov“. transfermarkt.com. Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 „Муролим Ахмедов — лучший футболист 2017 года в Кыргызстане“. 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Один из лучших полузащитников киргизского футбола может выступить за таджикский «Худжанд»“. 2019-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Полузащитник «Алая» М.Ахмедов продолжит карьеру в любительской лиге Турции“. 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Индия 1 : 0 Киргизия“. 19-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-yanvar 2019-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Murolimjon Ahmedov Soccerway saytida
- Murolimjon Ahmedov Transfermarkt saytida
- Murolimjon Ahmedov National-Football-Teams.com saytida
- 5-yanvarda tugʻilganlar
- 1992-yilda tugʻilganlar
- Uch-Qoʻrgʻon (Qadamjoy tumani)da tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar
- Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari
- FC Alay futbolchilari
- FC Dordoy Bishkek futbolchilari
- Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari
- Nur-Botken klubi futbolchilari
- Bangladesh Police FC futbolchilari
- Saif Sporting klubi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari
- Osiyo oʻyinlari 2014 futbolchilari
- Bangladeshdagi muhojir erkak futbolchilar
- Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar
