Murodbaxsh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Murodbaxsh (1621-61) - boburiylardan Shoh Jahonnint 4-kenja oʻgʻli, onasi Mumtoz Mahal (Arjumand bonu) begimdir. Shoh Jahon M.ga Gujarot hokimligini inʼom qilgan edi. 1657-yilda kichik akasi Avrangzeb bilan ittifoq tuzib, taxt sohibi — katta akasi Doroshukuhga qarshi kurashadi. Bu paytda otasi ShohJahon kasal yotardi. 1657-yil dekabrda u oʻzini Olloxrbodda podshoh deb eʼlon qiladi. 1658 i. 15-aprelda akasi Avrangzeb bilan birga Ujayna yaqinida Doroshukuxga qarshi jang qiladi. Jang Doroshukuhning magʻlubiyati bilan tugaydi. 2jang Agra yaqinidagi Samugarhda boʻladi. Bu jangda Doroshukuh sarkardalarining xiyonati bilan magʻlubiyatga uchraydi. Avrangzeb akasi Doro-shukuhni asirga olgach, Agraga kirib taxtni egallaydi. 1658-yil iyun oyida Avrangzeb M.ni ushlatib zindonga tashlaydi. M. Gvalior zindonida 3 yil yotadi. Nihoyat, 1661-yilda Avrangzebning buyrugʻi bilan 41 yoshida qatl etiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil