Muqimiy (shaharcha)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muqimiy — Fargʻona viloyatishn shaharcha (1989 yildan). Qoʻqon shahar kengashiga qarashli. Aholisi 7,4 ming kishi (2003), asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qoʻqon. M.dan viloyatmarkazi (Fargʻona)gacha 100 km.

M. Yangi Qoʻqon kimyo zavodining qurilishi munosabati bilan 1982 yilda Qoʻqon shahridan janubroqda yoʻldosh shaharcha sifatida vujudga kelgan. M.ning asosiy sanoat korxonasi — spirt zavodi (ekologik sabablarga koʻra faoliyati toʻxtatilgan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi kimyo zavodi spirt ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan). Shaharchada umumiy taʼlim, musiqa maktablari, kutubxona, poliklinika, savdo, maishiy va madaniy shoxobchalar mavjud. M. xududidan Fargʻona — Yaypan, Sariqoʻrgʻon — Soʻh yoʻllari bilan tutashgan Qoʻqon — Sariqoʻrgʻon avtomagistrali oʻtgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil