Muqaddam Ashrafova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ashrafova Muqaddam (1919 – Toshkent – 1999.22.5) – jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1971), tibbiyot fanlari doktori (1964), professor (1967). Ikkinchi jahon urushi frontlarida vrachlik qilgan (1943–45). ToshMI II jarrohlik klinikasining or-dinatori (1945–47), davolash fakulteti fakultet jarrogʻligi kafedrasining assistenti (1947–58) va dotsenti (1958–66), 1966-yildan stomatologiya fakulteti umumiy jarrohlik kafedrasining mudiri. 1989-yildan nafaqada. Ilmiy ishlari asosan bosh miya, jigar va taloq jarrohligi masalalariga bagʻishlangan. II darajali "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan muko-fotlangan (1994).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil