Muomala vaqti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Muomala vaqti —kapitalning muomala doirasida boʻlish vaqti. Muomala vaqtiga tayyor mahsulot omborga kelib tushgandan boshlab u sotilguncha ketgan vaqt ( bu vaqt oʻz ichiga tayyor mahsulotning ishlab chiqarish va savdo (ulgurji va chakana) korxonalari omborxonalarida turgan vaqtini, ularni tashishga, sotishga ketgan vaqtni ham oʻz ichiga oladi) va tayyor mahsulotlarni sotishdan kelgan tu-shumga ishlab chiqarishning yangi sikli uchun zarur boʻlgan yangi ishlab chiqarish vositalari sotib olishga ketgan vaqt kiradi.

Muomala vaqti tovarlarning bir marta aylanishiga (T—P) sarflangan kunlar soni yoki bir oy, bir kvartal, bir yilda yuz bergan aylanishlar soni bilan oʻlchanadi. Muomala vaqti davomiyligiga tovarga boʻlgan talab va taklif nisbati; tovarlarning isteʼmol xususiyatlari; tovar assortimentining murakkabligi; mintaqaning geografik oʻrni; tashish-keltirish im-koniyatlari; savdo xodimlarining malakasi va boshqa omillar taʼsir koʻrsatadi. Nuriddin Yoʻldoshev.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil