Munozara:Samarqand davlat universiteti

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Mavzuga o'zgartirish kiritmang[manbasini tahrirlash]

Barcha ma'lumotlar Samarqand davlat universiteti tomonidan yangilandi. Uni har kim o'zgartirishga haqli emas. (Imlo xatolar bundan mustasno) — Bu xabarni Haqberdiyev Javohir Isrofil o'g'li (munozara · hissasi) yozdi, lekin imzo qo‘ymadi

@Haqberdiyev Javohir Isrofil o'g'li: Nega hech kim oʻzgartirishga haqli emas ekan? Ushbu maqola Samarqand davlat universitetining rasmiy sayti emas, xohlagan foydalanuvchi xohlagan vaqtda tahrirlashi mumkin, faqat vandalizm boʻlmasa boʻldi. Keyin maqolani tahrir qilib, tahrir qisqa izohiga yozgan Eslatma: Malumotlar to'laligicha yangilangan. Uni tahrir qilishdan avval Samarqand davlat universiteti matbuot kotibi bilan bog'laning. kabi matningizni qanday izohlaysiz? Maqolaga oʻzgartirish kiritish uchun siz bilan bogʻlanishga hojat yoʻq, manba boʻlsa yetarli. Ustiga-ustak, siz kiritgan oʻzgartirishda umuman manba yoʻq va bu tahrirni saqlash muammo boʻladi. Nega ayrim kishi ismlarini ajratib qoʻygansiz, betaraf (neytral) ham yozilmagan menimcha. Aytib oʻtganlarimga rioya qiling, rioya qilmasligingiz esa sizni bloklanishingizga olib kelishi mumkin. Keyin munozara sahifalarda VP:Imzoingizni qoldirishni oʻrganing. Malikxan munozara 08:45, 19-Sentabr 2020 (UTC)
@Haqberdiyev Javohir Isrofil o'g'li: Sizning Samarqand davlat universiteti maqolasida qilgan tahrirlaringiz bekor qilindi. Sababi mualliflik huquqlari yaqqol buzilyabdi. Siz Samarqand davlat universiteti rasmiy saytidagi maʼlumotlarni koʻchirib oʻtgansiz. Buni ogohlantirish deb qabul qiling, keyingi safar xuddi shundek mualliflik huquqlarini buzsangiz, bloklanasiz. Malikxan munozara 08:59, 19-Sentabr 2020 (UTC)