Munozara:Odam boʻlish qiyin

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Yupiter Quyosh tizimidagi eng katta sayyora. Quyoshdan uzoqlashish tartibida beshinchi va Yerga nisbatan Quyoshdan 5.2 marta uzoqroq masofada harakatlanadi. Yupiter Quyosh atrofida deyarli 12 yilda bir marotaba to‘liq aylanib chiqadi. Uning ekvatorial diametri Yernikidan 11,2 marta katta bo‘lib, 142984±2 km ni tashkil qiladi. Yupiterning o‘z o‘qi atrofida aylanish davri, boshqa sayyorlarga nisbatan eng kichik bo‘lib, ekvatorida 9 soat, 50 daqiqa va 30 soniyani, o‘rta kengliklarida esa, 9 soat, 55 daqiqa va 40 soniyani tashkil qiladi. Shu tarzda Yupiter ham xuddi Quyosh singari qattiq jism kabi aylanmay balki, turli qismlarida turlicha aylanish tezligi hosil qiladi. o‘ta tezkor aylanishi tufayli bu sayyora qutblarida katta siqilish va zichlikning ortishi paydo bo‘ladi.Yupiter massasi Yer massasidan 318 barobar katta. o‘rtacha zichligi esa 1.326 gr/sm3 bo‘lib, Quyoshning o‘rtacha zichligiga yaqin qiymat hisoblanadi. Yupiterning aylanish o‘qi uning orbitasiga deyarli perpendikulyar - burchak 87°. Ekvatoridagi erkin tushish tezligi 24.79 m/s2.

Yerdan kuzatilganida Yupiterning yorqinligi, Oy va Veneradan keyingi uchinchi eng yorqin osmon jismi bo‘lib, buyuk qarama-qarshilik vaqtlarida uning ko‘rinadigan yulduz kattaligi -2,94m gacha yetadi. Yupiter yerdan eng uzoqlashganida esa, uning yulduz kattaligi ?1,61m gacha xiralashishi mumkin. Yer va Yupiter orasidagi masofa 588 milliondan 967 million km gacha bo‘lgan masofada o‘zgarib turadi. Sayyoraning Quyoshdan o‘rtacha uzoqligi 778,57 million km (5.2 a.b.). Farangizmamasafarova (munozara) 07:00, 12-Oktyabr 2023 (UTC)[javob berish]