Munozara:Oʻzbek gimnaziyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yaxshi maqola[tahrir]

Ushbu maqola Oʻzbekcha Vikipediya bosh sahifasida

Bu maqola 2012-yil 29-oktabrida yaxshi maqola nomzodligiga qoʻyildi. Abdulla munozara 10:20, 29 oktabr 2012 (UTC)

Maqola 2012-yil 30-oktabrida yaxshi maqolalar safiga qoʻshildi. Abdulla munozara 05:53, 30 oktabr 2012 (UTC)

Bosh sahifa[tahrir]

Bu maqola eʼtiborga loyiq maqola sifatida Oʻzbekcha Vikipediya bosh sahifasida 30-oktabrdan 24-noyabrgacha turdi. Nataev munozara 10:24, 24 noyabr 2012 (UTC)

Shu vaqt davomida maqola necha marta oʻqilgani haqida maʼlumot:
25 oktyabrdan 23 noyabrgacha «Usmon Matkarimov nomli №4-oʻzbek gimnaziya» maqolasiga tashrif buyurgan oʻquvchilar soni (toʻliq statistika).

Gimnazistlarning olimpiadalarda va boshqa tadbirlarda ishtiroki[tahrir]

Quyidagi maʼlumotlarni ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagani uchun maqoladan oʻchirdim. Maktab haqida koʻproq bilishni istaganlar uchun munozara sahifasida qoldiraman.

Oʻzbek gimnaziyasi Isfanadagi eng ilgʻor maktablardan biridir. Gimnaziya ochilganidan beri gimnazistlar fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib keladi. Bundan tashqari, bugungi kungacha koʻp gimnazist turli xil tadbirlarda qatnashib, sovrinli oʻrinlarni oldi.

2001-2002-oʻquv yilida ikki gimnazist „Yil oʻquvchisi“ koʻrik tanlovida shahar va tuman bosqichlarida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Nodir Atayev 5-7-sinflar orasida, Omonxon Mansurov 8-11- sinflar orasida birinchi oʻrinni oldi. Shuni taʼkidlab oʻtish kerakki, Laylak tumanida 60 dan ortiq maktab bor.

2002-2003-oʻquv yilida Omonxon Mansurov oʻzbek tili va adabiyoti fanidan olimpiadada respublika bosqichida 3-oʻrinni oldi. Qirgʻizistonda hozirgi kunda ham oʻzbek tili va adabiyoti fanidan olimpiada mavjud. Oʻsha yili gimnazist Akmaljon Akramovga prezident Asqar Aqayev taʼsis etgan „Jetkinchek“ („Yetuk“) stipendiyasi berildi.

Nodir Atayev yasagan koʻp funksiyali yuk mashinasi modeli. Atayev shu modeli bilan 2004-yil „Yosh talantlar“ koʻrik tanlovining respublika bosqichida qatnashgan.

2003-2004-oʻquv yilida yetti gimnazist viloyat olimpiadalarida qatnashdi. Bir oʻquvchi 2-oʻrin, uch oʻquvchi 3-oʻrin sohibi boʻldi. Shu yili Nodir Atayev oʻzi yasagan koʻp funksiyali yuk mashinasi modeli bilan „Jash talanttar“ („Yosh talantlar“) koʻrik tanlovida qatnashib shahar, tuman, viloyat bosqichlarida birinchi oʻrinni oldi va Bishkekda boʻlib oʻtgan respublika bosqichida qatnashib faxrli diplom sovrindori boʻldi.

2004-2005-oʻquv yilida besh oʻquvchi viloyat fan olimpiadalarida qatnashdi. 2005-2006-oʻquv yilida ham besh oʻquvchi viloyat fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli qatnashdi. Bular orasida Chinnigul Tosheva oʻzbek tili va adabiyoti fanidan respublika bosqichiga oʻtdi.

2006-2007-oʻquv yilida uch oʻquvchi viloyat olimpiadalarida qatnashdi. 10-sinf oʻquvchisi Izzatoy Shodiyeva oʻzbek tili va adabiyoti fanidan respublika olimpiadasida qatnashdi. Shu yili oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Inobat Azizxonova „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoniga sazovor boʻldi.

2007-2008-oʻquv yilida bir oʻquvchi viloyat olimpiadasida qatnashib 2-oʻrinni oldi. 2008-2009-oʻquv yilida uch oʻquvchi viloyat olimpiadalarida qatnashdi. Bir oʻquvchi 1-oʻrinni, yana bir oʻquvchi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 10-sinf oʻquvchisi Jamshidbek Abdulakov oʻzbek tili va adabiyoti fanidan respublika olimpiadasida qatnashib 3-oʻrinni egalladi. Shu yili 6-sinf oʻquvchisi Zilola Joʻrayeva matematika fanidan 6-sinflar orasida oʻtkazilgan olimpiadaning respublika bosqichida qatnashdi.

2009-2010-oʻquv yilida besh oʻquvchi viloyat olimpiadalarida qatnashdi. Ikki oʻquvchi 1-oʻrinni, bir oʻquvchi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Jamshidbek Abdulakov oʻzbek tili va adabiyoti fanidan ikkinchi marta respublika bosqichida qatnashdi. Oltinoy Tosheva qirgʻiz tili ona tili boʻlmaganlar uchun uyushtirilgan olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etdi.

2010-2011-oʻquv yilida uch oʻquvchi viloyat olimpiadalarida qatnashdi. Bir oʻquvchi 1-oʻrinni, yana bir oʻquvchi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Oltinoy Tosheva qirgʻiz tili va adabiyoti fanidan respublika bosqichida 2-oʻrinni oldi. Shu yili tarix fani oʻqituvchisi Omina Bozorova „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ unvoniga sazovor boʻldi.

2011-2012-oʻquv yilida 10-11-sinf oʻquvchilari Sarvinoz Abdullayeva va Moʻborak Qaroyeva oʻzbek tili va adabiyoti fanidan viloyat olimpiadasida gʻolib chiqib, respublika bosqichida qatnashdilar.

Keyingi yillarda gimnaziyada oʻquvchilar soni qisqarayotganini va bilim berish darajasi ham, oʻquvchilarning oʻzlashtirishi ham susayotganini kuzatish mumkin. 2012-2013-oʻquv yilida gimnaziya oʻquvchilari fan olimpiadalarida yaxshi ishtirok etmadi. Faqat oʻzbek tili fani boʻyicha ikki oʻquvchi tuman miqyosida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Qirgʻiziston taʼlim vazirligi qarori bilan 2013-yildan boshlab fan olimpiadalari soni 13 tadan 10 taga qisqartirildi<ref>{{cite web|last=|first=|title=„Bilim ministrligi olimpiadalar haqida nizom chiqardi“{{ref-ru}}|url=http://www.kginform.com/ru/news/20130110/15140.html|accessdate=12-dekabr, 2013|work=Ozodlik radiosi|date=10-dekabr, 2013}}</ref>. Shu qarorga binoan oʻzbek tili boʻyicha olimpiadaning viloyat va respublika bosqichlari bekor qilindi. Keyingi yillarda bu fan boʻyicha olimpiada faqat tuman bosqichigacha uyushtiriladi.

Nataev munozara 10:26, 20-Noyabr 2017 (UTC)

Eʼtiborga loyiq bitiruvchilar[tahrir]

Quyidagi maʼlumotlarni ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagani uchun maqoladan oʻchirdim. Maktab haqida koʻproq bilishni istaganlar uchun munozara sahifasida qoldiraman.

  • Nodir Atayev (2006-yil bitirgan) — gimnaziyaning uchinchi prezidenti; 2011-yil Bishkekdagi Otaturk-Olatogʻ xalqaro universitetini yakunlayotgan 300 dan oshiq talaba ichida eng yuqori oʻrtacha ball toʻplagani uchun „Universitetning eng aʼlo talabasi“ unvoni bilan taqdirlangan; Yevrosiyo va Oʻrta Osiyoda talaba almashish global programmasi (inglizcha: Global Undergraduate Exchange Program in Eurasia and Central Asia (Global UGRAD)) boʻyicha AQShning Montana shtati poytaxti Helena shahrida joylashgan Carroll kollejida oʻqigan<ref>{{cite web|title=Global UGRAD qatnashuvchilarining biografiyalari (2009-10) {{ref-en}}|url=http://www.irex.org/resource/global-ugrad-participant-bios-2009-10#kyrgyzstan|work=[[IREX]]|accessdate=7-noyabr, 2013}}</ref>; 2013-yil Budapeshtda joylashgan Markaziy Yevropa universitetini iqtisodiy siyosat boʻyicha magistr darajasi bilan yakunlagan<ref>{{cite web|title=„O‘zbekcha Vikipediya faollashadigan bo‘ldi“|url=http://www.ozodlik.org/content/article/25255892.html|work=Ozodlik radiosi|accessdate=9-fevral, 2014|date=7-fevral, 2014}}</ref>.
  • Iroda Qoʻldosheva (2012-yil bitirgan) — Kelajak liderlari almashish programmasi (inglizcha: Future Leaders Exchange Program, FLEX) boʻyicha AQShga oʻqishga oʻtgan birinchi gimnazist; 2012-2013-oʻquv yilida Duluth, Minnesotadagi Hermantown Senior High School maktabida oʻqigan.

Nataev munozara 10:37, 20-Noyabr 2017 (UTC)