Munozara:Jahondagi eng yirik qo‘lyozma xazinalari.

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Jahondagi eng yirik qo‘lyozma xazinalari[manbasini tahrirlash]

AQShning Kongress kutubxonasi dunyodagi eng yirik kutubxona hisoblanadi. Mazkur kutubxona 1800 yilda AQSh kongressi tomonidan Prezident Tomas Jeffersonning kutubxonasi negizida bunyod etilgan. 2002 yilgi maʼlumotlarga koʻra, Kongress kutubxonasida dunyoning 450 dan ortiq tillaridagi 90 milliondan ziyod bosma nusxa saqlanadi. Shuningdek, kutubxona fondlari tarkibida 58 milliondan ortiq qoʻlyozma asarlar mavjud. Kongress kutubxonasi universal fondi kuniga 31 ming bosma birlik bilan toʻldiriladi; jahon boʻyicha eng katta haritalar (3 milliondan ortiq), 3,5 milliondan ortiq musiqa — nota adabiyotlari, katta miqdordagi kinofilmlar, mikrofilmlar fondiga ega. AQSH prezidentlari yiqqan kitob toʻplamlari 5,5 mingdan ortiq, xitoy va yapon adabiyotlari, noyob Amerika nashrlari saqlanadi. Kongress kutubxonasi 1 million 900 mingdan ziyod kitobxonga 20 dan ortiq qiroatxonalari orqali xizmat koʻrsatadi. Britaniya kutubxonasi fondlarida saqlanayotgan kitoblar boʻyicha dunyoda AQShning Kongress kutubxonasidan keyin 2-oʻrinda turadi. Kutubxonada jami 170 million saqlash birligi mavjud. 2012 yil 31 mart holatiga koʻra kutubxonaning kataloglari jami 109,6 million obunani tashkil etdi, shundan: 66,3 million patent; 14,3 million kitob, 4,5 million karta; 1,6 million varaqli musiqa va 357,986 qoʻlyozmani tashkil etadi. Rossiya davlat kutubxonasining qoʻlyozmalar fondi 1862 yilda Moskva xalq va Rumyantsev muzeylari negizida tashkil etilgan boʻlib, uning fondi dastlab Rossiya davlat kansleri Nikolay Petrovich Rumyantsevning noyob qoʻlyozmalar toʻplami asosida shakllantirilgan. Hozirgi kunda fond tarkibida VI-XXI asrlarga oid 610 mingdan ortiq qoʻlyozma asar va arxiv hujjatlari mavjud. Asosiy fondda qadimgi rus, yunon, lotin, slavyan, gʻarbiy Yevropa va sharq tillaridagi yozma va grafik qoʻlyozmalarning universal toʻplami saqlanadi. Unda dunyoviy va diniy mazmundagi qoʻlyozma kitoblar, arxiv toʻplamlari, shaxsiy (oilaviy, ota-bobolar) arxivlari, davlat, cherkov, xususiy muassasalar va jamoat tashkilotlarining arxiv fondlari mavjud.