Munozara:Ijiy

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IJIY, Adudaddin Abdurahmon ibn Ahmad (taxm. 1281-1355) — so‘nggi kalom vakili, mutakallim. Ij sh.da tug‘ilgan. Fiqhda shofi’iy mazhabiga tayangan. Kalomni al-Baydoviy (1286 y. v. e.) izdoshlaridan o‘rgangan. Elxoniylardan Abu Saʼid (1316-36) saroyida qozi bo‘lgan. 1355 y. nomaʼlum sabablarga ko‘ra qamoqqa olinib, o‘sha yili vafot etgan. Mashhur mutakallim Saʼdiddin at-Taftazoniy uning shogirdi bo‘lgan. I.ning „Mavoqif fi ilm al-kalom“ asari ko‘p asrlar davomida kalom bo‘yicha asosiy qo‘llanma bo‘lib kelgan va bir necha bor (jumladan, al-Jurjoniy tomonidan) sharh qilingan

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004