Munozara:Barqaror energiya

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Barqaror energiya maqolasi tanlangan maqola statusiga nomzod boʻlgan. Bu maqolaga tanlangan maqola statusini berish boʻyicha ovoz berish 2023-yil 16-avgust sanasida yakunlanib, oxirida jamoa qaroriga binoan status berilgan.
Barqaror energiya maqolasi tanlangan maqola statusidan mahrum qilinishga nomzod boʻlgan. Bu maqolani tanlangan maqola statusidan mahrum qilish boʻyicha ovoz berish 2023-yil 8-sentyabr sanasida yakunlanib, oxirida jamoa qaroriga binoan status bekor qilingan.

TM statusidan mahrum qilish[manbasini tahrirlash]

Maqolaning ilk gapi enwikidan jiddiy xatolar bilan oʻgirilgan. Originali: "Energy is sustainable if it „meets the needs of the present without compromising the ability of future generations to meet their own needs.“ Ayni damdagi tarjima: „Energetika barqaror soha hisoblanib, „hozirgi kunning ehtiyojlarini qondira olsa, kelajak avlodnikini ham qondira olishi mumkin“ligi taʼkidlanadi.“ Toʻgʻriroq tarjima: „Agar energiya (energetika emas) hozirgi kunning ehtiyojlarini kelajak avlodnikiga salbiy taʼsir koʻrsatmay qondira olsa“, barqaror hisoblandi“. „Hozirgi kunning ehtiyojlarini qondira olsa, kelajak avlodnikini ham qondira olishi mumkin“ligi taʼkidlanadi“ gapi ilmiy, mantiqiy jihatdan umuman xato. Bugun suv yetarli boʻlsa, avtomatik tarzda ertaga ham yetarli boʻladi, degandek gap.

Yana bir AT gapga misol. „Carbon capture and storage can be built into power plants to remove their carbon dioxide (CO2) emissions.“ > „Karbonat angidrid (CO2) chiqindilarini olib tashlash uchun uglerodni elektr stansiyalariga joylashtirilish mumkin“. „Carbon capture and storate“ jumlasi „uglerodni elektr stansiyalariga joylashtirilish mumkin“ degani emas.

Ishonchim komil maqolada boshqa bunday AT gaplar koʻp. Maqola statusga loyiq emas, chunki kirishining oʻzida kamida ikkita qoʻpol AT holati bor. Yana koʻplab misol topish mumkinligiga ishonchim komil. Enwikidagi hali oʻgirilmagan mana bu sahifaga koʻra qisqa muhokama qilib, maqolani statusidan mahrum qilish mumkin. Ammo bunday jiddiy kamchiliklari bor maqolani muhokamasiz ham statusidan mahrum qilish mumkin deb oʻylayman. Nataev munozara 14:46, 22-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Yana bir AT gapga misol: „However, this goal has not been met and measurement of progress has been hampered by unclear accounting rules“ > „Biroq, bu maqsadga erishilmadi va taraqqiyotni oʻlchash noaniq buxgalteriya qoidalariga toʻsqinlik qildi.“ Mujmal qoidalar oldinga qoʻyilgan maqsadga erishishga toʻsqinlik qilgani aytilgan originalida. Google esa qoidalar toʻsqinlikka uchraganini aytmoqda. Nataev munozara 15:33, 22-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Rozilar[manbasini tahrirlash]

  1.  Roziman. Yuqorida keltirilgan argumentlar asosli. Oʻtgan bir hafta vaqt davomida maqola statusini saqlab qolish uchun hech kim qiziqish bildirmadi, maqolaga tuzatishlar kiritilmadi. Uni avvalroq nomzod qilib koʻrsatgan nominator statusga boʻlgan qiziqishini yoʻqotdi va kamchiliklarni tuzatish yoʻlini tanlamay, maqola statusdan mahrum etilgan taqdirda uni oʻchirishga nomzod qilish kabi vandalsifat harakatni amalga oshirishini iddao qildi. Holat yaxshi tomonga umuman oʻzgarmadi. Maqola hozirgi holatida TM statusiga noloyiq. — Kagansky munozara 06:38, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  2.  Roziman. Malikxan munozara 17:20, 29-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]
  3.  Roziman. Umarjon Rahimov (munozara) 19:15, 2-Sentabr 2023 (UTC).

Qarshilar[manbasini tahrirlash]

Fikrlar[manbasini tahrirlash]

Maqola statusdan mahrum qilingan onda men ham maqolani oʻchirishga beraman. Maqola AT ga toʻlib yotibdi degan iddao bunga sabab boʻladi degan umiddaman. Uni ustiga maqolani yagona muallif xohishiga koʻra ham oʻchirish mumkin. — Programmer (munozara) 15:09, 22-Avgust 2023 (UTC)[javob berish]

Natija[manbasini tahrirlash]

 Bajarildi. Nataev munozara 14:49, 8-Sentabr 2023 (UTC)