Munozara:„Yetti harf“

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„YETTI HARF“[1]

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi: "Hishom ibn Hakim ibn Hizom roziyallohu anhuning Furqon surasini men oʻqigandan boshqacha oʻqiyotganini eshitdim. Menga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu surani oʻqittirgan (undan boshqacha oʻrgatgan) edilar.

Qiroat Shoshib, unga tanbeh birishimga oz qoldi. Soʻng u qiroatini tugatishini kutdim. Keyin ridosining yoqasidan ushlab, uni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordim va: "Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, bu „Furqon“ surasini Siz menga oʻqitganingizdan boshqacha qiroat qilayotganini eshitdim", dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: „Uni qoʻyib yubor. Oʻqi!“, dedilar. Hishom roziyallohu anhu men eshitgan qiroatini oʻqidi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: „(Bu sura) shunday nozil boʻlgan“, dedilar. Soʻng Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: „Oʻqi!“, dedilar. Men ham qiroat qildim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: „(Bu sura) shunday nozil boʻlgan. Albatta, Bu Qurʼon yetti harfda nozil boʻlgan. Undan oʻzingizga oson boʻlganini oʻqinglar“, dedilar"[1].

Qurʼonning „yetti harf“da nozil boʻlishi haqida[manbasini tahrirlash]

Bu borada turli qarashlar mavjud. Jumaladan, Ibn Atiya rahimahulloh shunday degan: "Mazkur „yetti harf“dan murod arab lahjalari boʻlib, Qurʼon quyidagi arab qabilalarinig lahjasida nozil boʻlgan:

Mazkur yetti qabilaning nomlari[manbasini tahrirlash]

Bu borasida ham turli qarashlar mavjud. Jumladan, Abu Hotim Sijistoniy rahimahulloh Quraysh, Huzayl, Taym ar-Rubob, Azd, Rabiʼa, Havazon va Saʼd ibn Bakr qabilalarini sanab oʻtgan[2]. Shuni ham alohida taʼkidlash lozimki, Qurʼondagi har bir soʻz „yetti harf“da nozil boʻlmagan, bakli ayrim soʻzlarnigina „yetti harf“da oʻqish mumkin, xolos. Bu Qurʼonda juda kam uchraydigan holat boʻlib, soʻzning talaffuzi har xil boʻlsa-da, maʼnosiga taʼsir koʻrsatmaydi[3]. Shuningdek, baʼzi olimlar Qurʼonning „yetti harfr“da nozil boʻlishini lahjalarga bogʻlamaydilar. Ularning fikricha, Qurʼon „yetti harf“da, yaʼni vajh (yoʻnalish, uslub)da qiroat qilinadi va Qurʼonni mazkur harflarda qiroat qilish majburiy emas, balki ixtiyoriy amal hisoblanadi

https://telegra.ph/QIROATLAR-VA-QIROAT-IMOMLARIc-09-22

  1. „Yetti harf“. @ALQuranuz (2020-yil 22-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 1-dekabr.