Munojot (adabiyot)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munojot — sharq mumtoz adabiyotining anʼanaviy unsurlaridan biri. Odatda, M.da najot umidi, tavba va iltijolar tangriga otashin murojaat shaklida ifodalanadi. M. koʻproqepik hamda liro-epik asarlarning bosh — muqaddima qismida Allohga hamd va paygʻambarimiz Muhammad (sav)ga naʼtdan oldin keltiriladi. M. dastlab musulmon kishining Allohga murojaat etib, oʻz hojatlarini soʻrashi, yalinib-yolvorishi tarzida yuzaga kelgan. 9— 10-asrlardan boshlab badiiy adabiyotda M. yozish anʼana tusini olgan. M. baʼzan nasriy shaklda va mustaqil asar tarzida ham yozilgan. Alisher Navoiyning shu nomdagi asari va "Hamsa" dostonlari tarkibidagi M.lari xayratlanarli asarlardir. M. Namunalari oʻzbek epik dostonlarining qariyb hammasida uchrab, asar mualliflarining tasavvufiy mayl va eʼtiqodlarini ifodalaydi. M. liro-epik asarlar oxirida berilishi ham mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil