Munojatxon Akbarova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munojatxon Abdurazzoqovna Akbarova (1941.22.4, Bekobod tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Andijon pedagogika institutining tarix fakultetini tugatgan (1967). 1960-72 yillarda Xoʻjaobod tumanidagi 14-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, maktab direktori oʻrinbosari, 1972-yildan 18-maktab direktori. Akbarova rahbarlik qilayotgan jamoa „Yil maktabi- 94“ respublika koʻrik tanlovida faol ishtirok etdi. Uning tashabbusi bilan maktab muzeyi tashkil etildi, maktabning moddiy texnika bazasi boyitildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil