Munavvara Fayziyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munavvara Murodovna Fayziyeva (1948.2.7, Vobkent tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1996). Toshkent chet tillar pedagogika institutini tugatgan (1973). 1976—98 yillarda Vobkent tumanidagi 16maktabda nemis tili oʻqituvchisi. Taʼlim jarayonida turli didaktik material, qushimcha manbalar, testlardan samarali foydalangan, chet tilini chuqur oʻzlashtiruvchi sinflar tashkil etgan.