Munavvar Rzayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Munavvar Rzayeva

Haqiqiy ismiRzayeva Münəvvər Məcid qızı
Tavalludi 6-iyun 1929-yil
Vafoti 6-iyun 2004-yil(2004-06-06)
(75 yoshda)
Baku, Azerbaijan
Millati Azarbayjon
Mukofotlari Honored Artist of the Azerbaijan Republic

Munavvar Rzayeva (ozarbayjoncha: Münəvvər Rzayeva, 1929-yil 6-iyun — 2004-yil 6-iyun) — ozarbayjonlik haykaltarosh va birinchi monumental ayol haykaltarosh boʻlib, Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan rassom ayoldir[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nigar Rafibeyli haykali

Munavvar Rzayeva 1929-yil 6-iyunda Shusha shahrida tugʻilgan. U Shushada Majid ismli gilamchining oilasida o‘sib ulgʻaygan. 1950-yilda Rzayeva Bokudagi Azim Azimzode nomidagi Ozarbayjon davlat rassomlik bilim yurtini, 1956-yilda V. I. Surikov nomidagi Moskva Davlat Badiiy Akademiyasining Haykaltaroshlik fakultetini tamomlagan. U Nikolay Tomskiy sinfida tahsil olgan[2].

1943-yildan boshlab u turli xil koʻrgazmalarda qatnashadi. Rzayeva 1953-yildan beri Ozarbayjon Rassomlar uyushmasi aʼzoligiga saylangan. Shu bilan birga, Madaniyat vazirligining Davlat komissiyasi ham aʼzosi, AMEA Nizomiy nomidagi adabiyot muzeyida restavrator-rassom bo‘lib ishlagan, bir qator haykallarni restavratsiya qilgan holda ish faoliyatini olib borgan[3].

Uning asarlari Ozarbayjon Milliy sanʼat muzeyi, Nizomiy nomidagi Ozarbayjon adabiyoti muzeyi, Ordubadi muzeyi, Siyazan madaniyat uyi va sanʼat fondi kabi bir qancha joylarda asarlari saqlanadi.

Rzayeva psixologik portret ustasi edi. U haykallar yaratish uchun granit, marmar, bronza, yogʻoch va hokazo materiallardan foydalanib kelgan. Rzayeva asarlari asosan sanʼat arboblarining haykallari, jumladan, davlat arbobi va mehnat qahramonlarining haykallari, byustlari, barelyeflaridan iborat edi. Uning ijodiy faoliyatida Huseyn Javid, Sergey Yesenin, Nariman Narimanov, Mikayil Mushfig, Nozim Hikmet byustlari alohida o‘rin tutadi[4].

Munavvar Rzayeva 2004-yil 6-iyunda Boku shahrida vafot etadi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ozarbayjon Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist — 1992-yil 4-mart[5].

Memorial[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilda Munavvar Rzayevaning 90 yillik yubileyi nishonlandi[6].

Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikayil Mushfig byusti

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Münəvvər Rzayevanın heykəllər və büstlər dünyasından ştrixlər“ (az). anl.az (2024-yil 3-aprel). 2020-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  2. 2019 Əlamətdar və Tarixi Günlər Təqvimi (az), Baku, 2018 — 250 bet. 
  3. „Yaratdığı heykəllərdə yaşayan sənətkar Münəvvər Rzayeva-90“ (az). anl.az (2024-yil 3-aprel). 2020-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  4. „Münəvvər Rzayeva anıldı“ (az). medeniyyet.az (2024-yil 3-aprel). 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.
  5. „Təsviri sənət xadimlərinə Azərbaycan Respublikasının fəxri adlarının verilməsi haqqında AZƏRBAYCAN RESPUBLİKASI PREZİDENTİNİN FƏRMANI“ (az). e-qanun.az (2024-yil 3-aprel). 2020-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-mart.
  6. „Görkəmli rəssam Münəvvər Rzayevanın anadan olmasının 90 illiyi qeyd ediləcək“ (az). azertag.az (2024-yil 3-aprel). 2020-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-mart.