Mukramiylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mukramiylar (1000-1040) — Buvayhiylar vassali sifatida Ummonning sohilboʻyi hududlarida hukmronlik qilgan hukmdorlar sulolasi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poytaxti — Suhar. Pul birligi oltin dinor, ogʻirligi-4,99 gramm, diametri - 22,5 mm. Mamlakat zarbxonasi poytaxt Suharda joylashgan. Sulola asoschisi Abu Muhammad I Husayn ibn Mukram boʻlib, u buvayhiylarning Forsdagi amiri sifatida faoliyat yuritgan. Ummonning ichki qismlari ibodiy xorijiylar nazoratida boʻlgan. 1042-yilgi Abu Muhammad II Mukramiyga qarshi toʻntarish oqibatida bu mintaqada buvayhiylarning bevosita hukmronligi oʻrnatildi[1].

Hukmdorlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mukramiylar sulolasiga mansub hukmdorlar
T/r Hukmdorlar Hukmronlik yillari
1 Abu Muhammad I Husayn ibn Mukram 1000/1004-1024
2 Abul Qosim Nosiriddin Ali ibn Husayn 1024-1037
3 Abuljaysh ibn Ali 1037-1040
4 Abu Muhammad II ibn Ali 1040-1042

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ummon Sultonligi
Buvayhiylar
Ibodiylar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vohidov Sh., Qodirov A. Sharqning mashhur sulolari.Toshkent: Akademnashr, 2013. 204-205-betlar