Mukarramov Muqaddam

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Mukarramov Muqaddam (? — Buxoro — 1936) — kandakor, Buxoro kandakorlik maktabining yirik vakili. Us t a Olim Abdusalomovdan hunar oʻrgangan. Kandakorlik usullarini yaxshi bilgan M., ayniqsa, anʼanaviy naqshlarni mahorat bilan bajargan, ijodida anʼanaviy naqshlar bilan eron kandakorligi naqshlarini uygʻunlashtirib qoʻllagan, naqsh mujassamotlarida qusnixat muhim oʻrin tutgan, baʼzan u buyum yuzasini tuliq qoplagan; bezaklar sayqali, turunj va aylana hoshiyalarni uygʻunlashtirish bilan buyumlarning badiiyligi va ifodaliligini oshirishga, bezaksiz sayqallangan metall buyumlarda nodir ifodalilikka erishgan. M. yaratgan buyumlar (jumladan, laʼli, dastshoʻy va boshqalar) respublika muzeylarida saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil