Kontent qismiga oʻtish

Muin Voiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muin Voiz (15-asr) – fors-tojik tilida ijod qilgan hirotlik shoir va voiz, mavlono Hoji Muhammad Farohiyning oʻgʻli. Nomi “Majolis un-nafois”ning toʻrtinchi majlisida tilga olinadi.

Alisher Navoiy uning katta voiz ekani, muridlari koʻpligi, minbarga chiqqanda devonaga xos harakatlar qilishi va taxtani tepishi hamda oʻzini “Muin devona” deb atashi haqida maʼlumot beradi. Muin Voiz bir kuni Hazrat Ali (r.a)ning imonlari taqlidiydir, degani uchun ul zotning ruhlaridan koʻp aziyat koʻradi, tavba qilib, zoʻrgʻa qutuladi. Akasi Mavlono Nizomiddin unga ikki marta shahar qoziligini taklif qilganda ham rad etgan va shunday javob bergan ekan: “Muini mo qobiliyati bisyor dosht, in zinapoyayi choʻbin uro zoeʼ soxt” (Mazmuni: Bizning Muʼinimiz oʻta qobiliyatli edi, lekin bu yogʻoch zinapoyalar uni yoʻq qildi).

Navoiy uning tabiatidagi devonalikni inobatga olib, u har qanday soʻz aytsa, afv etsa boʻladi, sheʼrida vazn, qofiya va radifni qoʻllashdagi baʼzi nuqsonlar ham kechirimlidir, deydi. “Majolis un-nafois”da uning quyidagi bayti keltirilgan:

Magar fasli bahor omadki, olam sabzu xurram shud,

Magar vasli nigor omadki, dil bo vasl hamdam shud.

(Mazmuni: Bahor fasli keldimi ekan, olam koʻklamlashib, shodlikka toʻldi, goʻzalning visoli yetishdimikin, koʻngil vasl­ga hamdam boʻldi)[1][2].

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Majolis un-nafois.